Dasturlar va qo‘llab-quvvatlash
Local2Global (Zero to Global)
Mahalliy kompaniyalarni global bozorga olib chiqamiz
Dastur tafsilotlari
Local2Global dasturi xalqaro bozorlarga muvaffaqiyatli chiqishni maqsad qilgan mahalliy kompaniyalar uchun mo‘ljallangan. Dastur eksport rejasini ishlab chiqish, istiqbolli bozorlarni aniqlash, mijozlar topish va muzokaralar olib borishda bepul konsalting xizmatlarini taqdim etadi.
Sirdaryolik kompaniyalar ushbu dastur orqali o‘z mahsulot va xizmatlarini dunyoga eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Asosiy imtiyozlar
- Eksport konsalting xarajatlarining 50% gacha qoplanishi
- Xorijiy ekspertlar xizmatlari uchun $10 000 gacha qoplash
- Xalqaro ko‘rgazma va konferensiyalarda ishtirok uchun $5 000 gacha
- Xorijiy hamkorlarni O‘zbekistonga taklif qilish (eksport hajmiga qarab $20 000 gacha)
- Coursera kurslariga bepul kirish va eksport mentorligi
Talablar
- IT Park rezidenti bo‘lgan mahalliy kompaniya
- Xalqaro bozorga chiqishga tayyor mahsulot yoki xizmat
- Eksport salohiyatiga ega jamoa
Ushbu dastur sizni qiziqtirdimi?
Zero Risk dasturiga ariza bering yoki jamoamiz bilan bog‘laning.
Zero Risk uchun ariza